» » Fitr sadaqasi kimlarga, qachon va nima uchun beriladi?

Fitr sadaqasi kimlarga, qachon va nima uchun beriladi?


Ramazon oyi oxirlab borar ekan, ko‘pchilik musulmonlarda fitr sadaqasi haqida savollar paydo bo‘ladi. Ushbu sadaqani kimlar berishi kerak, kimlarga berilgani yaxshi? “Gazeta.uz” rasmiy islomiy manbalar asosida mazkur savollarga javoblarni taqdim etdi.

Nima uchun berilishi kerak?

Fitr sadaqasi ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqadir. U ro‘zador uchun Ramazon oyi davomida aytgan behuda gap-so‘zlari, qilgan xato va kamchiliklarini yuvish hamda kambag‘al-miskinlarga taomlanish imkonini berish maqsadida joriy qilingan.

Hanafiy mazhabida fitr sadaqasi vojib amal hisoblanadi. Ya’ni vojib — qilinishi lozim amal bo‘lib, uni qilmaganlar osiy bo‘ladi.

Qachon berilishi kerak?

Fitr sadaqasini Ramazon hayiti kuni tong otgandan boshlab hayit namoziga chiqishdan oldingi vaqtga qadar berish vojib hisoblanadi.

Ramazonning avvalidan beraversa bo‘ladi.

Ammo Hayit namozidan keyinga qoldirmaslik kerak. Agarda kishi fitr sadaqasini iyd namozigacha bera olmasa, namozdan keyin beradi, lekin savobi Ramazon vaqtida berganchalik bo‘lmaydi, ammo berishi shart. Ya’ni uni berolmay qolgan kishi zimmasida fitr sadaqasini berish vojib bo‘lib qolaveradi.

Kimlar uchun berilishi kerak?

Fitr sadaqasini berish erkagu ayol, yoshu qari, boyu kambag‘al — hamma-hammaga vojib bo‘ladi. O‘zida pul yo‘qlarning nomidan ularga nafaqa berish lozim bo‘lgan shaxslar beradi.

Shunga ham diqqat qilish kerakki, balog‘atga yetgan farzandlari va xotini uchun fitr sadaqa berishi vojib emas. Agar balog‘atga yetgan farzandlari va ayoli uchun, ular aytmasa ham, fitr sadaqasini bersa, ular zimmasidan fitr sadaqasi soqit bo‘ladi.

Hayit kechasi tug‘ilgan chaqaloq uchun ham fitr sadaqa berish vojib bo‘ladi. Homila va hayit kunidan oldin vafot etganlar uchun esa vojib bo‘lmaydi.

Kimlarga berilishi kerak?

Fitr sadaqasi musulmon kambag‘al-miskinlarga beriladi. Berilganda ham fitr sadaqasi yig‘ilgan yurtning miskinlariga berilishi ayni muddaodir.

“Fatavoi hindiya” kitobida keltirilishicha, fitrni berishda eng afzali, avvalo, aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ngra ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ngra ularning farzandlari. Tog‘a-xolalar va ularning farzandlari, so‘ng yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar. Ulardan keyin qo‘shnilar, kasbdoshlar, keyin hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqli hisoblanadi.

“Bahrur roiq” kitobida: “Qarzi bor kishiga zakot berish faqirga zakot berishdan ko‘ra afzaldir”, — deyilgan.

Kimlarga berilmaydi?

Fitr sadaqasi nisob miqdoricha moli bo‘lgan boy kishiga, o‘zining ota-onasi, bobo-momosiga, o‘g‘il-qizlariga va ularning farzandlariga, er-xotin bir-biriga berish mumkin emas.

Shuningdek, g‘ayridinlarga, murtad (dindan qaytgan)ga, fisq ishlarini ochiq-oydin qilib yuruvchi fosiqqa, boyga, sog‘-salomat va ishlashga qodir bo‘laturib ishlamay yurganga berib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, gunoh va ma’siyatga, shuningdek, musulmonlarga zarar keltiradigan har qanday ishlarga sarflaydigan kimsalarga berilmaydi.

Fitr sadaqasi muhtojlarning qo‘llariga mol sifatida berilishi lozim. Bu pullar masjid qurilishi, mehribonlik uylarining tashkiliy ishlari va boshqa xayriya ishlari uchun berilishi joiz emas.

Nisob miqdoricha moli bo‘lgan boy kishi deb zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 21 250 000 so‘mdan (2020-yilda) ortiqcha mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishiga aytiladi.

Ro‘za tutmaganlar ham fitr sadaqasi berishi kerakmi?

Ro‘za tutmaganlar ham o‘zlari yoki ular nomidan nafaqa berishi kerak bo‘lgan odam fitr sadaqasini berishi kerak.

Qancha miqdorda beriladi?

2020-yil (1441-hijriy yil) uchun fitr sadaqasining miqdori:

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Fitr sadaqasi qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan bo‘lib, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24-may kuni karantin talablariga amal qilgan holda nishonlanadi.

Mavzuga doir: “Hayit namozini uyda o‘qing”. Musulmonlar idorasi Ramazon Hayitini karantin davrida nishonlash bo‘yicha bayonot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют