» » Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi

Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi


Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 330 890 kishiga yetgan. Shunday qilib, mamlakat koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha bunga qadar ikkinchi o‘rinda kelayotgan Rossiyadan (326 448 bemor) o‘zib ketdi.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida yana 20 803 kishida koronavirus aniqlangan. Bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kuzatilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, bir sutka davomida 1001 bemor vafot etgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 21 048 kishiga yetgan.

19-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgandi.

Avvalroq esa Braziliyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha rekord darajadagi o‘sish kuzatilgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini, biroq o‘lim ko‘rsatkichi oshishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют