» » Nuqtalarni “yeyish”. Pac-Man o‘yini yaratilganiga 40 yil bo‘ldi (foto)

Nuqtalarni “yeyish”. Pac-Man o‘yini yaratilganiga 40 yil bo‘ldi (foto)


1980-yil 22-may kuni Yaponiyada Pac-Man o‘yini taqdim etilgan bo‘lib, u tarixdagi eng mashhur videoo‘yinlardan biriga aylangan. Labirintdagi nuqtalarni “yeyish” natijasida o‘yin yaratuvchilari va uni ommalashtirganlar 14 milliard dollar ishlab olgan. “Kommersant” nashri “Pakman” qanday qilib o‘yin avtomatlarida paydo bo‘lgani va shundan so‘ng real hayotga kirib kelgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Pac-Man videoo‘yini Yaponiyaning Namco kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 1980-yilning 22-mayida o‘yin avtomobillari paydo bo‘lgan va dastlab o‘z vatanida u qadar mashhurlikka erishmagan.

Oradan yetti oy o‘tib o‘yin Shimoliy Amerikada paydo bo‘lganidan so‘ng barchasi o‘zgargan va tezda mashhurlikka erishgan.

Birinchi yilning o‘zidayoq dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq Pac-Man arkada avtomatlari sotilgan.

1982-yilga borib 400 mingdan ortiq o‘yin avtomati sotilgan. Pac-Man 2,5 milliard dollardan ortiq pul ishlagan eng muvaffaqiyatli videoo‘yinga aylangan (bugungi kunda bu qariyb 7,7 milliard dollarga teng).

Pac-Man o‘ziga bag‘ishlab tovarlar — o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, reklama-suvenir mahsulotlari ishlab chiqarilgan birinchi videoo‘yin personaji hisoblanadi. O‘yin va unga bog‘liq tovarlarni sotishdan 14 milliard dollar foyda ko‘rilgan.

Kanadalik darvozabon Nolan Mayerning bosh kiyimida o‘yin qahramonlari tasvirlangan.

“Pakman”ning tashqi ko‘rinishi yaponcha “og‘iz” iyeroglifini yodga soladi, dizaynerlar uni yumaloqlashtirgan.

Pac-Man juda katta mashhurlikka erishgan: 1982-yilda u Time jurnalining muqovasidan o‘rin olgan.

O‘sha yilning o‘zida Buckner & Carcia musiqiy dueti Pac-Man Fever nomli musiqiy albomni taqdim etgan, shu nomli qo‘shiq esa Billboard xit-paradida 9-o‘ringa ko‘tarilgan.

Qahramonlarning ismi ovqat yeyayotganda og‘izni ochish va yopishda hosil bo‘ladigan tovushning yaponcha taqlidi “paku-paku”dan kelib chiqqan.

1982—1984-yillarda Pac-Man animatsion serialining ikkita mavsumi taqdim etilgan.

Qahramonning kinodagi sarguzashtlari shu bilan tugab qolmagan: 2015-yilda taqdim etilgan “Piksellar” filmida Pac-Man personajlar orasidan o‘rin olgan.

AQShda o‘yin nomi dastlab Puck-Man’dan Pac-Man’ga o‘zgartirilgan. Bunga original nomdagi P harfini bolalar F’ga o‘zgartirib qo‘yishi mumkinligi sabab bo‘lgan.

2011-yilda NASA xodimlari Saturnning ikki yo‘ldoshining harorat xaritalari Pac-Man qahramonlariga o‘xshashini payqab qolgan.

Pac-Man hozirda ham mashhur bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Britaniyalik taniqli dizayner Stiven Jons tomonidan yaratilgan Pac-Man shlemi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют