WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Londonda ro‘y bergan portlashda politsiyachi jarohatlandi
Londonda ro‘y bergan portlashda politsiyachi jarohatlandi
London shahri shimolida ro‘y bergan portlash oqibatida ikki kishi jarohat oldi. “TASS”ning Skotlend-Yard rasmiylariga tayanib ma’lum qilishicha, ulardan biri politsiyachidir.
Voqea Xaringi tumanidagi uylardan birida ro‘y berdi. U yerga jamoat tartibi buzilgani munosabati bilan politsiya chaqirilgan edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelganida portlash sodir bo‘ldi.
Uy yaqinida tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari turibdi. Tekshiruv ishlari boshlab yuborildi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?