» » Bo‘stonliqda jangari filmlar ta’siriga tushgan 4 nafar o‘spirin talonchilik jinoyatini sodir etdi

Bo‘stonliqda jangari filmlar ta’siriga tushgan 4 nafar o‘spirin talonchilik jinoyatini sodir etdi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida to‘rt nafar o‘spirin bola begona uyga bostirib kirib, pul va moddiy qimmatliklarni talon-toroj qildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi. Xabarnomada ta’kidlanishicha, jinoyat jangari filmlar ta’sirida sodir etilgan.

Toshkent viloyati IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017-yilning 10-aprel kuni soat 02:30 larda yoshlari taxminan 20–25 larda bo‘lgan to‘rt nafar noma’lum shaxs boshlariga qora sport shapkasi, yuzlariga qora rangli niqob va qo‘llariga xo‘jalik qo‘lqopini kiygan holda Bo‘stonliq tumani Iskandar qo‘rg‘oni hududidagi xonadonlarning biriga bosqinchilik yo‘li bilan kirib, uy bekasi uxlab yotganligidan foydalanib, zo‘rlik ishlatib, osh pichog‘i yordamida o‘ldirish bilan qo‘rqitib, 2 million so‘m puli va 400 ming so‘mlik Nokia-225 rusumli uyali aloqa telefonini olib, jinoyat sodir etgan joyidan yashiringan.

Jabrdiyda darhol ichki ishlar idorasiga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni ikki nafar 1998-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs hamda 1994-yilda va 1996-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganliki oshkor bo‘ldi.

Ayblanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют