» » Yashnoboddagi xonadondan ichida 23 mln so‘m va 2,5 ming dollar bo‘lgan seyf o‘g‘irlandi

Yashnoboddagi xonadondan ichida 23 mln so‘m va 2,5 ming dollar bo‘lgan seyf o‘g‘irlandi


Toshkent shahar Yashnobod tumanida ikki noma’lum shaxs yuzlariga niqob va qo‘llariga qo‘lqop kiygan holda 1955-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, uy egasini urib jarohat yetkazdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar jabrlanuvchining qo‘l-oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, ichida 23 million so‘m pul, 2 500 dollar, qiymati 6 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlari va nevaralarining tug‘ilganlik haqidagi ikkita guvohnomalari bo‘lgan temir seyfni hamda Nokia mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.

Tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 1993-yilda va 1994-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs sodir etgani aniqlandi va ular qo‘lga olindi.

“Hozirgi paytda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют