» » Rossiyada Ford Focus eshiksiz, oyna va tomsiz sportkarga aylantirildi

Rossiyada Ford Focus eshiksiz, oyna va tomsiz sportkarga aylantirildi


Sankt-Peterburgdagi Ford Market tyuning-atelyesi muhandislari uchinchi avlod Ford Focus bazasida sariq spidster yaratdi. Tayyor bo‘lgan model McLaren Elva sport spidsterining hamyonbop versiyasini yodga soladi, deb xabar qiladi Motor.

Uzoq davom etgan modifikatsiyalar natijasida Focus tomsiz qolgan. Bundan tashqari, klassik spidsterga o‘xshashi uchun xetchbek eshiklaridan, old va yon oynalari, shuningdek, orqa o‘rindiqlaridan ayrilgan. Hamyonbop modelning tashqi ko‘rinishi shunday ishlanganki, u bir qarashda McLaren Elva va Ferrari Monza SP2’ni yodga soladi.

Mashinaga Ford’ning klassik o‘rindiqlari o‘rniga, sport kursilari o‘rnatilgan. Avtomobil pnevmatik podveska, ulkan multimedia monitori bilan jihozlangan, biroq uning markaziy ventilyatsion teshiki mavjud emas.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, spidsterga 150 ot kuchiga ega 2,0 litrli benzin dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, PowerShift avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют