» » Ferrari 599 GTB Fiorano 930 ot kuchiga ega drift-karga aylantirildi (foto)

Ferrari 599 GTB Fiorano 930 ot kuchiga ega drift-karga aylantirildi (foto)


FFF Drifting Department poyga guruhi Ferrari 599 GTB Fiorano’dan drift uchun poyga avtomobilini yaratdi. Superkar dvigateli 930 ot kuchiga ega (maksimal aylanishlar momenti 1160 Nm). Bu haqda Top Gear nashriga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Formula Drift chempionatida italiyalik poygachi Federiko Skeriffo boshqaradigan poyga superkari ham seriyali avtomobildagi kabi dvigatel — 6 litrli V12 agregati bilan jihozlangan. Motor odatiy kupega 630 ot kuchini taqdim etadi, biroq drift uchun uning unumdorligi 300 kuchga oshirilgan.

Avtomobilga ikkita Rotrex turbinasi, olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi, Ohlins poyga podveskasi, 20 dyuymli OZ g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют