» » Fotogalereya: Siz hech qachon ko‘ra olmaydigan superkarlar

Fotogalereya: Siz hech qachon ko‘ra olmaydigan superkarlar


“Motor” nashri ko‘cha-ko‘yda uchratib bo‘lmaydigan superkarlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

FXX K giperkaridan dunyoda atiga 40 nusxa mavjud. Jumladan, bularning barchasi Ferrari garajida saqlanadi. Ushbu avtomobillarning egalari FXX K’ni haydashni istab qolishsa bu haqida kompaniyaga aytishadi, ular esa avtomobilni unga barcha xizmatlarni ko‘rsatuvchi jamoasi bilan birga trassaga olib boradi. FXX K’ni sotib olish uchun Ferrari kompaniyasining doimiy mijozi bo‘lishingiz hamda kamida ikkita LaFerrari modeliga egalik qilishingiz lozim.

FXX K modeliga V12 atmosfera elektromotori o‘rnatilgan bo‘lib, u 1050 ot kuchiga ega. 2015-yilda ushbu giperkarning narxi 2,8 million yevro edi.

Katta yo‘llarga chiqmaydigan yana bir model — Aston Martin Vulcan bo‘lib, u 24 nusxada ishlab chiqarilgan. Ularning har birini narxi avvaliga 2,3 million dollar turardi.

Vulcan yetti litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 800 ot kuchiga ega va bu dunyodagi eng kuchli atmosfera dvigatellaridan biri hisoblanadi. Unga o‘rnatilgan uzatmalar qutisi olti pog‘onali. Tormozlari — karbon-keramika. Yuz kilometr tezlikka 3 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa soatiga 300 kilometrni tashkil etadi.

Xitoy elektro superkarini Ferrari yoki Aston Martin’dan ham sotib olish qiyinroq. EP9’dan atiga olti nusxa ishlab chiqarilgan.

Avtomobilga 1360 ot kuchiga ega to‘rtta elektromotor o‘rnatilgan. 100 kilometr/soat tezlikka 2,7 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi esa soatiga 313 kilometrni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng qimmat seriyali elektrokar hisoblanadi (1,2 million dollardan qimmatroq).

McLaren P1 LM ham olti nusxada chiqarilgan (beshtasi sotuvga chiqarilgan, bittasi esa prototip) bo‘lib, u ham eng tezkor seriyali avtomobil hisoblanadi. Avtomobil oddiy yo‘llarda ham harakatlana oladi, albatta, yo‘l yuqori sifatli bo‘lsa.

P1 superkarining maxsus versiyasi McLaren bilan Lanzante Motorsport hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u 1000 ot kuchiga ega. Uning narxi kamida 3 million yevro turadi.

Pagani Zonda Revolucion besh nusxada chiqarilgan. Unga AMG tomonidan ishlab chiqarilgan V12 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u yordamida avtomobil soatiga 350 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Har bir Revolucion’ning narxi 2,1 million yevrodan sotilgan.

Veneno to‘rtta nusxada ishlab chiqarilgan: ularning uchtasi mijozlarga yuborilgan (har bir nusxaning rangi Italiya bayrog‘ining ranglariga  — qizil, oq va yashilga bo‘yalgan), to‘rtinchisi esa kumushrang bo‘lib, hamon Lamborghini’ning ko‘rgazma va promo-aksiyalarida namoyish etiladi.

Veneno’ning yaratilishiga Aventador asos bo‘lib xizmat qilgan, ammo Veneno undan 125 kilogrammga yengil va uning dvigateli 50 ot kuchiga kuchliroq. Maksimal tezligi soatiga 355 kilometrni tashkil etadi. Xaridorlar Veneno’ni 3 million yevrodan sotib olgan.

 

 

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют