» » Fotogalereya: Germaniya tarixidagi eng ajoyib avtomobillar

Fotogalereya: Germaniya tarixidagi eng ajoyib avtomobillar


“Motor” nashri Germaniya tarixidagi eng yaxshi avtomobillar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

1967-yilda ishlab chiqarilgan sedanning dizayni Klaus Lyute tomonidan ishlangan bo‘lib, u o‘z davridan o‘n yil oldinga ilgarilab ketganini ko‘rish mumkin. U 1968-yilda “Yil avtomobili” nomida sazovar bo‘lgan. NSU Ro80 rotor-porshenli dvigatel va uch pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Golf GTi xetchbeki sport avtomobili, albatta, katta, kuchli, shovqinli va qimmat bo‘lishi shart emasligini isbotlab bergan. Hozirgi kunda 110—112 ot kuchi kulguli tuyulsada, 40 yil oldin bunday emas edi. Ushbu model 100 kilometr tezlikka 9,2 soniyada erishgan.

635 kuchga ega Porsche 956 modeli 34 yildan beri Nordshlyayfe poyga trassasidagi eng tezkor avtomobillardan biri bo‘lib kelmoqda (20,8 kilometrni 6,11 daqiqada bosib o‘tgan).

O‘z davrida shayxlar tomonidan yuqori talab bo‘lgan ushbu model Yevropa avtomobilsozligi tarixida yorqin iz qoldirgan. Yaponlar Lexus’ni yaratishda aynan undan ilhom olishgan. 1979—1991-yillarda ishlab chiqarilgan sedanda o‘sha vaqtlardayoq ABC, xavfsizlik yostiqchasi, xavfsizlik kamari, elektr qurilmalar bilan jihozlangan o‘rindiqlar bo‘lgan.

1980-yilda ishlab chiqarilgan Audi Quattro sirpanchiq yo‘llarda boshqa avtomobillardan ko‘ra ishonchli ekanligini bir necha bor isbotlagan. Ishlab chiqarilganidan bir o‘tib Mishel Muton Quattro minib jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan birinchi ayolga aylangan.

M5’ni “superkarlar qotili”, “qo‘zi terisidagi bo‘ri” deya atashgan. M5’dan so‘ng AMG Hammer, Lotus Omega’lar paydo bo‘lgan.

300SL shubhasiz birinchi superkar hisoblanadi. Uni yaratishda barcha e’tibor maksimal tezlikka erishishga qaratilgan. 215 quvvat kuchiga ega bo‘lgan dvigatel soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana olgan. Joriy yilda 63 yoshni qarshi olgan avtomobil hozirda million dollardan ortiq turadi.

Orqa motorli 911 hozirda 53 yoshni qarshi olganiga qaramay ajoyib ishlamoqda. Dunyoning barcha sportkarlari o‘n yillardan beri u bilan bellashmoqda.

1886-yilning yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan ushbu model dunyoni butunlay o‘zgartirib yubordi. Bensning ichki yonuv dvigateli 1885-yilda tayyor bo‘lgan va dunyodagi to‘laqonli avtomobilga aylangan.

Birinchi nemis milliy mashinasi 21,5 million nusxada ishlab chiqarilgan va muhandis Ferdinand Porshe iqtidorining yorqin misolidir. Ushbu model hamon sayyoradagi eng yaxshi avtomobillardan biri  hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют