» » Ravon R2 avtomobili Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Ravon R2 avtomobili Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi


Daily-Motor portali sentabr oyida Rossiya bozorlarida sotiladigan eng arzon beshta avtomobil ro‘yxatini tuzib taqdim etdi, deb xabar berdi “1news.uz”.

Ro‘yxatga Xitoyning 1,3 litrli dvigatelga ega hamda mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan Lifan Smily xetchbeki 369,9 ming rubl (6370 dollar) bilan yetakchilik qilmoqda.

Rossiyada sotilayotgan eng arzon xorijiy mashinalar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini Ravon R2 xetchbeki band etdi. 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel o‘rnatilgan avtomobilning narxi 439 ming rubldan (7560 dollar) boshlanadi.

Uchinchi o‘rindan esa Datsun on-DO sedani (Yaponiyaning Nissan kopmaniyasi bilan hamkorlikda Lada Granta platformasi asosida ishlab chiqarilgan) egalladi. 82 ot kuchiga ega 1,6 litrli dvigatel hamda mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan sedanning narxi 442 ming rubldan (7600 dollar) boshlanadi.

To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni Xitoyning Brilliance H230 (7900 dollar) va FAW Oley (8400 dollar) sedanlari egalladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют