» » Ravon Gentra sedani Rossiya bozoriga yoz boshida chiqariladi

Ravon Gentra sedani Rossiya bozoriga yoz boshida chiqariladi


Joriy yilning yoz fasli boshida Rossiya avtomobil bozorida Ravon Gentra sedani paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda “1news.uz” Ravon kompaniyasi bosh direktori Sharof Ashurovga tayanib.

O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchisining top-menejeri aytishicha, Ravon Gentra sedani Rossiya bozoriga avvalroq chiqishi kerak edi. Ashurovning so‘zlariga ko‘ra, kechikish “obyektiv sabablarga ko‘ra” yuz bergan.

Nashr yozishicha, Rossiyada Ravon Gentra sedani faqat bitta dvigatel bilan taklif qilinishi rasman ma’lum qilingan. Avtomobil kapoti ostida benzinda ishlaydigan atmosfera motori joylashadi. Agregatning unumdorligi 107 ot kuchiga teng bo‘ladi. Dvigatel besh pog‘onali transmissiya yoki olti pog‘onali avtomatlashgan uzatish qutisi bilan to‘ldiriladi.

Ravon Gentra sedanining oddiy versiyasini rossiyaliklar 629 ming rublga sotib olishi mumkin.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют