» » Ashxobodda O‘zbekistonning yangi Ravon brendi avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ashxobodda O‘zbekistonning yangi Ravon brendi avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Ashxobodda “Turkman-UzAVTO” xo‘jalik jamiyati Uz-Daewoo markasining vorisi bo‘lgan yangi Ravon brendi ostidagi avtomobillar taqdimotini tashkil qildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Tadbirda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati, avtobus va o‘rta quvvatli yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SamAvto” Isuzu MChJ, yuk mashinalari, MAN markasi ostida maxsus texnika va pritseplar ishlab chiqaruvchi o‘zbek-nemis qo‘shma korxonasi rasmiy vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, taqdimotga mahalliy sohalar tuzilmalari, mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik missiya rahbarlari, avtomobil ishqibozlari tashrif buyurdi.

Tadbirda Ravon Gentra, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 modellari taqdim etildi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili avtomobil jahon standartlari va ekologik talablarga javob berishi, konditsioner va rul kuchaytirgich bilan jihozlangani, tejamkorligini aytib, uning modellari kengaytirilishini qayd etdi.

Taqdimotda, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi qishloq xo‘jaligi, qurilish ishlari hamda kommunal xizmatlarga mo‘ljallangan avtotexnika namunalari ham ko‘rsatildi. Tadbir so‘ngida Turkmaniston va o‘zbekistonlik artistlarning chiqishlari bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют