» » Fotogalereya: Consumer Reports nashri reytingi bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar

Fotogalereya: Consumer Reports nashri reytingi bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar


Consumer Reports nashri navbatdagi reyting natijalarini e’lon qildi: unda amerikaliklar tomonidan kamida 320 ming kilometr masofa bosgan avtomobillari joy oldi, deb xabar berdi “Motor”.

Reytingdan oxirgi o‘rin F-150 oilasiga nasib qildi. Yaqinda modelga dizelli dvigatel qo‘shilib yangilandi. Pikapning narxi 27,3 ming dollardan boshlanadi.

Nashr tomonidan ushbu model o‘rta o‘lchamdagi eng yaxshi krossoverlardan biri deya topildi. Ushbu modelning yangilangan versiyasi Rossiyada joriy yilning boshidan 60 ming dollar atrofida sotila boshlagan.

4Runner yo‘ltanlamasi to‘rt litrli V6 motoriga ega. Uning narxi 34,2 ming dollardan boshlanadi.

Consumer Reports nashriga ushbu sedanning qulayligi, salonida shovqinning kamligi ma’qul, biroq uni boshqaruv tizimi bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi.

Ushbu model AQShda uchta ko‘rinishda taqdim etilgan: sedan, xetchbek va kupe. Hatto 320 kuchga ega vaarianti ham mavjud bo‘lib, uning narxi 33,9 ming dollardan boshlanadi.

Consumer Reports jurnalistlari ushbu modelni qulayligi va salonining shovqinsizligi uchun maqtashsa, boshqaruv tizimi uchun so‘kishadi. AQShda ushbu model 29,7 ming dollar turadi.

Beshinchi avlod krossoveri AQShda 24 045 dollar turadi.

Consumer Reports o‘tgan yilda Prius’ni yangi avlodning eng tejamkor avtomobili deya topgan. Mashina 100 kilometr masofaga 4,52 litr yoqilg‘i sarflaydi.

O‘tgan yilning kuzida paydo bo‘lgan Accord Consumer Reports nashrining reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Eng ishonchli mashinalar reytingining g‘olibi — Camry. Aynan ushbu model 320 ming kilometrdan ko‘proq masofa bosgan avtomobil sifatida ro‘yxatdan tez-tez o‘rin olgan. Yaqinda 300 kuchli V6 dvigateliga ega yangi Camry ishlab chiqarildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют