» » Honda karbonli NSX superavtomobili sotuvini boshladi

Honda karbonli NSX superavtomobili sotuvini boshladi


Honda kompaniyasi GT3 toifasi talablariga mos keluvchi NSX poyga superavtomobili sotuvini boshladi. Bitta mashina narxi 465 ming yevrodan iborat, deya xabar beradi Motor.

Modelning poyga uchun mo‘ljallangan versiyasi kompaniyaning ko‘p yillik sherigi — Italiyaning JAS Motorsport jamoasi ishtirokida ishlab chiqildi. Hondaning AQShdagi bo‘linmasi — HPD mashinalarni sinovdan o‘tkazdi, ular 85 ming kilometr yo‘l bosdi.

Karbon kuzovli superavtomobil og‘irligi 1240 kilogrammga teng. U 3,5-litrli tvin-turbo motor, 6 bosqichli XTrac uzatmalar qutisi, Brembo 6 porshenli old va 4 porshenli orqa tomozlari, boshqariladigan Sachs amortizatorlari bilan jihozlangan.

Modelning poyga uchun mo‘ljallanmagan Acura NSX yo‘l versiyasi 573 ot kuchiga ega gibrid dvigatel bilan jihozlangan. AQShda ikki eshikli mazkur mashina narxi 156 ming dollardan boshlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют