» » Sotheby’s dunyoda yagona ko‘k rangli Porsche 918 super avtomobilini sotuvga qo‘ydi

Sotheby’s dunyoda yagona ko‘k rangli Porsche 918 super avtomobilini sotuvga qo‘ydi


Sotheby?s auksion uyi dunyoda yagona ko‘k rangdagi (Arrow Blue) Porsche 918 Spyder super avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Mashina 11 ming kilometr yo‘l bosgani bildirilmoqda. 887 ot kuchiga ega gibrid 4,6 litr hajmdagi dvigatel va ikkita elektr motor bilan jihozlangan. 

Weissach Package sport-paketli versiyasida gibrid soatiga 100 kilometrlik tezlikka 2,6 soniyada erishishi mumkin. Soatiga 200 va 300 kilometrlik tezlik uchun esa tegishlicha 7,2 va 19,8 soniya sarflanadi.

Mazkur modelning jami 918 ta nusxasi tayyorlangan, 2015-yilda esa ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Yevropada uning narxi 768 ming yevrodan boshlanar edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют