» » Milan politsiyasi mafiyaga tegishli bo‘lgan Ferrari 458 Spider avtomobilini o‘ziga olib qoldi

Milan politsiyasi mafiyaga tegishli bo‘lgan Ferrari 458 Spider avtomobilini o‘ziga olib qoldi


Italiyaning Milan politsiyasi avval mafiyaga tegishli bo‘lgan 570 ot kuchiga ega Ferrari 458 Spider superkarini musodara qildi va o‘zi foydalanishi uchun olib qoldi, deb xabar qildi “Motor”.

Mashina sentabrda musodara qilingan, shundan so‘ng mashinani politsiya uchun ikki eshikli avtomobil tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi Carrozzeria Marazzi di Caronno Pertusella kompaniyasiga qayta ishlash uchun taqdim etilgan.

Politsiya superkar uchun atigi 53,76 yevro sarfladi. Ushbu mablag‘ avtomobilni ro‘yxatdan o‘tgazish uchun berilgan.

Mazkur Ferrari Milan politsiya xizmatining ixtiyoriga o‘tgan birinchi mashina emas. Avvalroq, xizmat garajiga yuqoridagi usulda italyan avtomobil ishlab chiqaruvchilarining 29 avtomobili kelib tushgandi.

Odatda superkarlar turli mamlakat politsiyasining avtoparklarida turadi. Masalan, Dubayda mahalliy huquq-tartibot xodimlari Bugatti Veyron, Aston Martin One-77, Ferrari FF, Lamborghini Aventador, Audi R8 va Nissan GT-R kabi avtomobillarda yuradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют