» » Amerikalik erkak 30 yil davomida noyob Ferrari’ni bir xonali xonadonda saqlab keldi (foto)

Amerikalik erkak 30 yil davomida noyob Ferrari’ni bir xonali xonadonda saqlab keldi (foto)


AQShning Los-Anjeles shahri fuqarosi bir necha o‘n yil davomida Ferrari’ning noyob modelini o‘ziga tegishli turar-joydagi xonadonda saqlab keldi, deb yozadi Motor. Amerikalik bir xonali xonadonga 1959-yilda chiqarilgan 250 GT PF kupesini bekitib tashlagan.

Gollivuddagi xonadonga yashirib qo‘yilgan mashina sobiq xo‘jayinning advokati sharafi bilan fosh etildi. Huquqshunos undan apartamentlarda taxminan 1980-yillar o‘rtalaridan buyon saqlanib kelgan sportkarni xarid qilgan.

Amerikalik avtomobilni o‘g‘irlab ketishlaridan qo‘rqib, yashirib qo‘ygan, chunki o‘sha paytda Gollivudni eng xavfli tumanlardan biri deb hisoblagan. Buning uchun u uyning devorlaridan birini buzib, keyin yana qaytadan qurib qo‘yishi kerak bo‘ldi, xolos.

O‘nlab yillar davomida u turli ehtiyot qismlarini sotib olib, Ferrari’ni asta-sekinlik bilan restavratsiya qilib bordi.

Advokat mijozining “siridan” uzoq yillar xabardor bo‘lgan, ammo uni sotib olish taklifini bildirganidan keyingina ko‘rgan. Avtomobil egasi boshqa joyga ko‘chishiga to‘g‘ri kelgani uchun Ferrari’ni sotishga rozi bo‘lgan. Xarid amalga oshdi, ammo uning summasi oshkor etilmayapti.

Devorni qaytadan buzib, Ferrari’ni xonadondan chiqarib ketishdi. Advokat restavratsiya ishlarini davom ettirmoqchi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют