» » Donald Trampga tegishli superkar 250 ming dollarga baholandi

Donald Trampga tegishli superkar 250 ming dollarga baholandi


Dastlab AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari F430 sport avtomobili Auctions America kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Savdo uyi saytida ma’lum qilinishicha, dastlabki baholashlarga ko‘ra, superkar savdolarda kamida 250 ming dollarga sotiladi.

Tramp hashamatli qizil avtomobilni 2007-yilda xarid qilganligi va undan to‘rt yilga yaqin foydalanganligi ma’lum qilinmoqda. Shundan so‘ng mashina boshqa egasining ixtiyoriga o‘tgan.

“Prezident Tramp hayotdagi ajoyib narsalarni qadrlay olishi hech kimga sir emas va bu Ferrari F430 ham bundan istisno emas. Mashina chiqqan paytda texnologik jihatdan eng mukammal sport avtomobillaridan biri bo‘lgan”, — deyiladi kimoshdi saydo uyi saytida.

Superkar bosib o‘tgan jami masofa olti ming mildan kamroq. Avtomobil yarimavtomat transmissiya va 4,3 litrli motor bilan jihozlangan.

Kimoshdi savdosi tashkilotchilari Ferrari uchun 250 mingdan 350 ming dollargacha haq olishni rejalashtirmoqda. Savdolar 2017-yilning 1-aprelida boshlanadi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют