» » Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi qo‘lga olindi

Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida uch oylik farzandini uch xonali uyga almashtirayotgan ayol va chaqaloqning bobosi qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 23-may kuni Navoiy viloyati IIB hamda Karmana tuman IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida uch oylik bolani uyga almashtirishga urinish holatiga chek qo‘yilgan.

Navoiy viloyati IIB tomonidan xabar berilishicha, 1987-yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, hozirda Navoiy shahrida ijarada vaqtinchalik yashab kelayotgan fuqaro Z.O‘. 2020-yilda tug‘ilgan farzandi B.O‘.ni taxminiy bahosi 250 million so‘m bo‘lgan uch xonali uy evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, Z.O‘. ushbu jinoiy ishni otasi — 1951-yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan A.O‘. bilan sherikchilik asosida sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol, Xorazmda 2 yoshli farzandini 7700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют