» » Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi Singapur kompaniyasiga sotildi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi Singapur kompaniyasiga sotildi


Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi ommaviy savdolar orqali sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi “Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 661-sonli qaroriga muvofiq “Otel Uzbekistan” MChJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan edi.

Shunga muvofiq, agentlik tomonidan “Otel Uzbekistan” MChJ QKning 80,1 foiz davlat ulushi dastlab 2019-yilning fevralida 33 million AQSh dollariga tanlov savdolari orqali sotuvga chiqarilgan edi.

Mazkur davlat ulushini sotish shartlari etib xarid to‘lovini to‘lashdan tashqari 2 yil muddatda 100 milliard so‘m investitsiya kiritish, davlat ulushini sotib olgandan so‘ng 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmatini ko‘rsatish) saqlab qolish, tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlash, mehmonxonani boshqarishga eng yaxshi menejerlarni jalb qilish belgilangandi.

Yuqorida ko‘rsatilgan narxda talabgorlardan murojaat tushmaganligi sababli davlat ulushining boshlang‘ich narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich 30 foizgacha pasaytirilgan holda 23,1 million dollar narxida tanlov savdolariga chiqarildi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston” mehmonxonasi davlat ulushi nega sotilmayotganiga izoh berildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida mehmonxona biznesi va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan Buyuk Britaniya, Turkiya, BAA, Singapur davlatlarining bu sohadagi taniqli kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilgan.

“Muzokaralar yakuni bo‘yicha yakuniy taklif bergan 6 ta kompaniyaning takliflari o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha, ‘Otel Uzbekistan’ MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha Bashan investment group pte ltd (Singapur) kompaniyasining 24 oy mobaynida 23,2 million dollar to‘lash, 1,5 yil ichida 100 milliard so‘m investitsiya kiritish va 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi Davlat tender komissiyasi tomonidan ma’qullandi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu qarorga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Bashan investment group pte ltd (Singapur) kompaniyasi o‘rtasida yuqorida ko‘rsatilgan shartlar asosida shartnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют