» » Irkutskda yettinchi sinf o‘quvchisi bolalar maktabga borishi uchun ularni yelkasida ko‘tarib daryodan olib o‘tadi (video)

Irkutskda yettinchi sinf o‘quvchisi bolalar maktabga borishi uchun ularni yelkasida ko‘tarib daryodan olib o‘tadi (video)


Rossiyaning Irkutsk viloyati Batxay qishlog‘ida yashovchi Ilya Imeyev har kuni mahalliy o‘quvchilar qo‘shni qishloqdagi maktabga yetib olishlari uchun ularni suvdan ko‘tarib olib o‘tadi, deb xabar berdi TJournal.

Aholi punktini bir tarafdan ellik kilometrli “tuproq”, ikkinchi tomondan esa — sayoz daryo ajratib turadi, yo‘lning uzunligi salkam 3,5 kilometr keladi.

Imeyevning onasi so‘zlariga ko‘ra, Batxay qishlog‘i bolalari deyarli har kuni daryo orqali maktabga qatnaydi, ularning ota-onalari esa — bozorga borishadi. Albina Imeyevaning ta’kidlashicha, bolalar sovuq daryoni kechib o‘tganidan va darslarda ho‘l kiyimda o‘tirganidan tez-tez kasal bo‘ladi.

Batxay qishlog‘ida 14 oila istiqomat qiladi, ularning ot va sigirlardan iborat shaxsiy chorvachiligi mavjud.

Batxayda ko‘prik qurishga 11 million rublga yaqin mablag‘ kerak bo‘lgani uchun mahalliy hokimiyat bundan bosh tortdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют