» » Shavkat Mirziyoyev: “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida ko‘p gapiriladi, lekin amalda bu tizim to‘la tashkil qilingani yo‘q”

Shavkat Mirziyoyev: “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida ko‘p gapiriladi, lekin amalda bu tizim to‘la tashkil qilingani yo‘q”


28-may kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar ham tahlil qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida ko‘p gapiriladi, lekin amalda bu tizim to‘la tashkil qilingani yo‘q. Buni talab qiladigan muhit yo‘q, bilim yo‘q, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot yetishmaydi”, – dedi davlat rahbari.

Monopol korxonalarning o‘z manfaatiga moslab hujjatlar ishlab chiqqani, ularda iste’molchilar manfaati to‘liq inobatga olinmagani bunga asosiy sabab ekani ta’kidlandi.

Mavzuga doir: “Bu yerda qandaydir bir to‘daning manfaati bor”. Yozuvchi Murod Muhammad Do‘st UzAuto Motors haqida

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlari kengaytiriladi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Prezident qo‘mitani iste’molchilarning manfaatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri himoya qiladigan xalq vakillik organi – Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish haqida topshiriq berdi.

Mavzuga doir: “Iloji bo‘lsa, oilaviy qarg‘ang”. UzAuto narxlarining oshishi ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют