» » O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Dubay amirini “Yil odami” deb topdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Dubay amirini “Yil odami” deb topdi


15 mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkentdagi “City Palace” mehmonxonasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Yil odami” mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

— O‘zbekiston tarixida ilk marotaba jamoat tashkiloti “Yil odami”ni e’tirof etmoqda, — dedi jamoatchilik komissiyasi hay’at raisi Abdusaid Ko‘chimov. — Federatsiya hay’ati Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid al-Maktumni xalqaro miqyosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun 2018-yilning “Yil odami” mukofoti bilan taqdirlashga qaror qildi.

BAAning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat vakiliga shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum mukofotlangan “Yil odami” nishoni va sertifikati topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют