» » Huawei o‘z smartfonlari uchun YouTube o‘rnini bosuvchi servis nomini e’lon qildi

Huawei o‘z smartfonlari uchun YouTube o‘rnini bosuvchi servis nomini e’lon qildi


Huawei va Dailymotion kompaniyalari o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzolaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Huawei va Honor smartfonlarida mazkur striming servisining kontenti, shuningdek, yangi videopleyer paydo bo‘ladi, deb xabar qildi IXBT.

Huawei AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab Google servislaridan foydalana olmagani uchun o‘zining smartfonlariga YouTube o‘rnini egallaydigan servisni topishga majbur bo‘ldi. Ma’lumotlariga ko‘ra, Dailymotion’da YouTube bloklab qo‘ygan ko‘plab videoroliklarni ko‘rish mumkin.

Huawei Video dasturi hozirda ko‘plab ko‘ngilochar materiallar, xususan, film va seriallarni taqdim etmoqda. Hamkorlik doirasida Huawei Video’ning videoni qayta ishlash va tomosha qilish qurilmalari Dailymotion videopleyeri bilan birlashtirib yuboriladi.

Xitoy brendi Google’ning muqobili sifatida o‘z qurilmalari uchun Huawei Mobile Services (HMS Core) ekotizimi ustida faol ish olib bormoqda. Dailymotion YouTube’ni o‘rnini egallash orqali, Huawei’ga o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda yordam berishi kerak. Shuningdek, foydalanuvchilarning platformaga bo‘lgan qiziqishini jalb etish uchun bosqichma-bosqich yangi funksiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Dailymotion’ning auditoriyasi 250 milliondan oshadi va u o‘z xizmatlarini 35 tilda taqdim etadi.

Mavzuga doir: Huawei Google servislaridan butkul voz kechishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют