» » O‘zbekistonda toifasidan qat’i nazar barcha hududlarda qaysi karantin talablari saqlanib qolishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda toifasidan qat’i nazar barcha hududlarda qaysi karantin talablari saqlanib qolishi ma’lum qilindi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi. Joriy etilgan yengilliklar bilan bir qatorda barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar ayrim karantin talablari saqlab qolinadi.

Xususan:

“Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yumshatilgan. 18-maydan “sariq” toifadagi hududlarda shaxsiy avtotransport vositalarini stikersiz soat 6:00 dan 22:00 gacha boshqarishga, “yashil” hududlarda esa umuman cheklovsiz foydalanishga ruxsat berilgan edi.  26-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirishni buyurgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda

Mamlakatda 29-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 3488 kishiga yetdi, 2728 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi, hozirga qadar 14 kishi COVID-19 qurboniga aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют