» » Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR provokatsiyasiga qarshi zudlik bilan javob qaytarishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR provokatsiyasiga qarshi zudlik bilan javob qaytarishni rejalashtirmoqda


Koreya respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xvan Gyo An qurolli kuchlarga KXDR tomonidan yangi harbiy provokatsiyalar amalga oshirilgan taqdirda zudlik bilan javob qaytarishga tayyor turishni buyurdi. Bu haqda u Vazirlar mahkamasining Seulda bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Harbiylarni Shimoliy Koreya ehtimoliy provokatsiyalarini kuzatib borish, jangovar shaylikni kuchaytirish va zudlik bilan javob qaytarishga tayyor turishga chaqiraman”, — deya ta’kidladi Xvan Gyo An.

Hozirda bosh qo‘mondon hisoblanuvchi Xvan Gyo An shu kunlarda KXDR tomonidan muvaffaqiyatsiz uchirilgan raketa haqida eslatib o‘tdi va Pxenyan istalgan vaqtda bu kabi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют