» » AQShda qora tanli kishining politsiya tomonidan o‘ldirishi tufayli kelib chiqqan ommaviy norozilik 10 dan ortiq shaharlarni qamrab oldi

AQShda qora tanli kishining politsiya tomonidan o‘ldirishi tufayli kelib chiqqan ommaviy norozilik 10 dan ortiq shaharlarni qamrab oldi


AQShning Minneapolis shahrida (Minnesota shtati) politsiya tomonidan qo‘lga olingan afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limi tufayli kelib chiqqan aholi noroziligi AQShning ko‘plab yirik shaharlariga tarqaldi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Xabarda aytilishicha, bu jarayon Feniks (Arizona shtati), Denver (Kolorado shtati), Las-Vegas (Nevada shtati), Los-Anjeles (Kaliforniya shtati), Atlanta (Jorjiya shtati) va Xyuston shaharlarida (Texas shtati) tinch namoyishlar bilan boshlandi. Minglab odamlar “U nafas ololmayotganini aytgandi. Jorjga adolat” deb yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqdi.

Atlantada tinch namoyishlar bir necha soat davom etgan. Keyin esa namoyish ishtirokchilari politsiya mashinalarini sindirishni boshlagan, ulardan birini yoqib yuborgan. CNN telekanalining mahalliy filialiga va restoranga bostirib kirishgan. Namoyishchilar tosh va shisha idishlar otishidan politsiyachilarning uch nafari jarohatlangan.

Nyu-Yorkda namoyishchilar Bruklindagi Barclays Center sport maydoni yonida to‘plangan. Qaysidir vaqtda olomon politsiya kordonlariga tashlanib, ularni yorib o‘tishga uringan.

Marhum Floyd tug‘ilib o‘sgan Xyuston munitsipalitetida esa bir necha ming kishi to‘plangan. U yerda politsiya miltiq ushlab, undan olomonni qo‘zg‘ashda foydalanishga uringan ayolni qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Jorj Floyd 25-may kuni Minneapolisdagi kasalxonada vafot etgan. Politsiya uni do‘konda soxta hujjatlardan foydalanganlikda gumonlab, qo‘lga olmoqchi bo‘lganida qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng politsiya uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan.

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Unda Floyd havo etishmayotganini aytgan, biroq politsiyachi unga e’tibor qilmagan. Uning o‘limidan so‘ng Minnesota shtatida ommaviy norozilik boshlangan.

Dastlab Minneapolis shahrida favqulodda vaziyat joriy etgan, keyin esa shahar meri juma kuni kechasidan boshlab kommendantlik soati e’lon qilgan. Minnesota shtati gubernatori tartibsizlikni bartaraf etish uchun AQSh Milliy gvardiyasi askarlarini jalb etdi. Prezident Donald Tramp Floyd o‘limi yuzasidan imkon qadar puxta tergov o‘tkazishni topshirdi.

Norozilik namoyishlaridan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan haydalgan, sobiq politsiyachi esa gumonlanuvchini o‘ldirganlikda ayblanmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют