» » AQSh politsiyasi Bostondagi namoyishlar davomida 27 kishini hibsga oldi

AQSh politsiyasi Bostondagi namoyishlar davomida 27 kishini hibsga oldi


Politsiya 19-avgust, shanba kuni Bostonda (AQSh, Massachusets shtati) bo‘lib o‘tgan namoyishlar davomida 27 kishini hibsga oldi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i Uilyam Evans ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Qo‘lga olishlar asosan tartibni buzganlik va politsiya xodimlari talablariga bo‘ysunmaslik holatlari tufayli amalga oshirildi. Ommaviy tartibsizliklarga yo‘l qo‘yilmadi. Namoyishlar chog‘ida kichik to‘qnashuvlar ham ro‘y berdi, xodimlarga shisha va tosh otilgani qayd etildi”, — ta’kidladi Evans.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Bostondagi irqchilikka qarshi namoyishlarda kamida 15 ming kishi ishtirok etdi. Mazkur tadbir shaharda so‘z erkinligini yoqlab aksiya o‘tkazgan o‘ng faollar namoyishiga o‘ziga xos javob bo‘ldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют