» » Qashqadaryoda “Kombi” 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi. Bola vafot etdi

Qashqadaryoda “Kombi” 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi. Bola vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 30-may kuni soat 19:50 larda “Nurafshon” MFY hududidan o‘tuvchi 4K-319 Tanxoz—Yakkabog‘—Esat—Qozoq avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. 2001-yilda tug‘ilgan B.R. ismli yigit “Kombi-Moskvich-Ij” rusumli transport vositasini Yakkabog‘ shahri yo‘nalishi tomon boshqarib borayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2007-yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborgan. So‘ng mashina yo‘lning chap tomonidagi kanalga ag‘darilgan.

YTHda og‘ir tan jarohatlari olgan 13 yoshli o‘g‘il bola shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgizib yuborishi oqibatida 6 yoshli bola vafot etgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda Damas 2 yoshli bolani, Namanganda “Jiguli” 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolalar vafot etdi

YHXBB barcha haydovchilardan piyodalarga e’tiborli bo‘lishni, piyodalardan belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmaslikni, barcha yo‘l harakati qatnashchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini so‘rab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют