» » O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro aybdorlari javobgarlikka tortiladi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro aybdorlari javobgarlikka tortiladi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi “Chechme-Avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktida qo‘shni mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari (bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi) Kubatbek Bo‘ronov bilan uchrashdi. Uchrashuvda 31-may kuni ikki mamlakat chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida yuz bergan mojaro muhokama qilingan.

“Tomonlar chegarada sodir bo‘lgan voqeadan afsusdaligini bildirib, vaziyatni o‘nglash, yanada keskinlashuvga yo‘l qo‘ymaslik va chegara hududlaridagi holatni yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirdi. Ikki davlatning ilgari erishilgan kelishuvlarga sodiqligi va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga konstruktiv yondashuvi alohida qayd etildi”, — deyiladi Qirg‘iziston hukumati axborotida.

Qayd etishlaricha, uchrashuvda tomonlar tergov-surishtiruv tadbirlarini birgalikda o‘tkazishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib olgan.

Mavzuga doir: Foto: Bosh vazir Abdulla Aripov So‘xda aholi bilan uchrashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют