» » Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi


AQShda politsiya tomonidan qo‘lga olingan afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli yuzaga kelgan noroziliklar fonida Mayami politsiyasi qotil hamkasbi uchun tiz cho‘kib kechirim so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda Mayami politsiyasi xodimlarining namoyishchilar bilan birga tiz cho‘kib turgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 30-may kuni tunda Mayamida yuz bergan namoyishlardan keyin 50 nafardan ortiq odam hibsga olingan. Shunga qaramay, 30-may kuni politsiyachilar va namoyishchilar birgalikda tiz cho‘kib, sukut saqlagan.

AQShning turli hududlaridagi ko‘plab politsiyachilar Minneapolis politsiyachilarining Jorj Floyd o‘limiga sabab bo‘lgan harakatlarini oqlab va qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi. Donald Tramp Oq uy qarshisida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi vaqtida yerosti bunkeriga berkingani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Minneapolisda yuk mashinasi to‘g‘ri norozilik namoyishi ishtirokchilari ustiga haydaldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют