» » Chegaradagi mojarodan so‘ng 187 o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan. Bosh vazir Abdulla Aripov jabrlanuvchilardan xabar oldi

Chegaradagi mojarodan so‘ng 187 o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan. Bosh vazir Abdulla Aripov jabrlanuvchilardan xabar oldi


O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasining “Chashma” hududida 31-may kuni yuz bergan ziddiyat oqibatida 187 kishi tan jarohati bilan So‘x tumani markaziy kasalxonasiga joylashtirilgan. Bu haqda So‘x tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy shifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda. Bugun sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga yuborildi”, — deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Qayd etishlaricha, bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni So‘xga kelishi bilan kasalxonaga borib, bemorlar va jarohatlanganlar holidan xabar olgan. Og‘ir ahvoldagi yaralaganlarni viloyat markaziy shifoxonalariga yetkazish uchun sanaviatsiya xizmati safarbar etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni yuz bergan “mahalliy darajadagi hodisa” oqibatida ikki tomonda ham jabrlanganlar borligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют