» » Facebook kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish usullarini ishlab chiqmoqda

Facebook kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish usullarini ishlab chiqmoqda


Facebook odamlarga tashqi qurilmalarni qo‘llamasdan turib, kompyuterdan fikr kuchi yordamida foydalanish imkonini beruvchi usullarni ishlab chiqmoqda, deb yozadi “TASS”.

Kompaniya axborotni kompyuterga uzatish uchun miyani soniyasiga yuzlab marta skanerlovchi optik tomografiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Building 8 bo‘limi boshlig‘i Regina Dugan sohaga oid F8 konferensiyasida ma’lum qildi.

Facebook miyadagi nutq markazlari faolligini kuzatishda yordam beruvchi maxsus datchiklarni ishlab chiqmoqda. Regina Dugan ta’kidlashicha, tizim odam o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan fikrlarnigina rasshifrovka qiladi. Building 8 boshlig‘i o‘z nutqi chog‘ida falaj ayol maxsus implant yordamida fikr kuchi bilan daqiqasiga sakkizta so‘z tezligida harf terayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.

Regina Dugan, shuningdek, Facebook karlarga “eshitish”da yordam beruvchi, ya’ni tovushlarni vibratsiya va signallarga aylantirib, foydalanuvchiga his ettirish imkonini beruvchi texnologiyalarni ishlab chiqayotganini aytdi.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют