» » Toshkentning Yashnobod tumanida aholi orasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida aholi orasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi


O‘zbekistonda 2-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 16 kishiga ko‘paybi, 3718 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 12 tasi Toshkent viloyatidagi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan — ularning bari Qozog‘iston orqali kirib kelgan.

Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan bir nafardan xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilarida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholi orasida ikkita kasallanish holati aniqlangan.

Ayni vaqtda 844 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 2859 nafari sog‘aygan, 15 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют