» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar 5 kishiga, Janubiy Koreyada esa 38 kishiga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar 5 kishiga, Janubiy Koreyada esa 38 kishiga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 5 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 10 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 8 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, kasallanganlarning barchasi virusni chetdan yuqtirgan.

Xitoyda umumiy hisobda 83 022 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 3015 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 73 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 10 kishi infeksiyani belgilarsiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 371 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 38 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 541 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

So‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada kunlik kasallanishlar soni 30-80 kishini tashkil qilmoqda. Epidemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanishlar soni 10-20 tagacha kamaygan. Yangi kasallanish o‘choqlarining paydo bo‘lishi kasallanishlar soni yana ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 36 tasida bemorlar virusni mamlakatning o‘zida, qolgan 2 tasida esa chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 24 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqib, tuzalganlarning umumiy soni 10 446 nafarni tashkil qilmoqda. Virus qurbonlari soni esa yana bir kishiga ortib, 272 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют