» » Ekspertlar AQShda qo‘lga olingan qora tanli kishining o‘limi sababini aniqladi

Ekspertlar AQShda qo‘lga olingan qora tanli kishining o‘limi sababini aniqladi


O‘limidan so‘ng AQShda ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan afro-amerikalik Jorj Floyd qotillik natijasida bo‘g‘ilib o‘lgan. Bu kabi xulosa erkakning jasadini yorib ko‘rgan mustaqil ikki nafar sud-tibbiyot eksperti tomonidan berildi, deb xabar qiladi Reuters.

“Mexanik asfiksiya o‘lim sababi hisoblanadi, qotillik esa o‘lim usuli”, — deydi Michigan universiteti doktori Allesiya Uilson.

Floydning oilasini iltimosiga ko‘ra, uning jasadini yorib ko‘rishda ishtirok etgan shifokorlardan biri Maykl Baden marhum o‘limga olib keladigan hech qanday kasallik bilan og‘rimaganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘lim bo‘yin va yelkani qattiq bosish oqibatida yuzaga kelgan.

Avvalroq Hennepin okrugi (Minnesota shtati) sud-tibbiyot ekspertlari boshqacha xulosa bergandi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Floyd bo‘g‘ilib o‘lmagan. Sud-tibbiyot ekspertlarining ta’kidlashicha, afro-amerikalikning o‘limi undagi kasalliklar, shuningdek, intoksikatsiya va harakatsiz qolgani oqibatida yuzaga kelgan.

Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi. Donald Tramp Oq uy qarshisida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi vaqtida yerosti bunkeriga berkingani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga dori: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют