» » Tramp AQShdagi tartibsizliklarni ichki terrorchilik deb atadi

Tramp AQShdagi tartibsizliklarni ichki terrorchilik deb atadi


AQSh prezident Donald Tramp mamlakat ichida sodir bo‘layotgan tartibsizliklarni ichki terrorchilik deb atadi. Prezidentning ommaviy norozilik namoyishi sabab fuqarolarga yo‘llagan murojaati Oq uyning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda namoyishchilar politsiya uchastkasini egallab olgan va cherkovni yoqib yuborgan, Linkoln va Ikkinchi jahon urushi memoriallari esa vandalizmga uchragan. Shuningdek, bir necha kishi o‘ldirilgan.

“Bu tinchlik akti emas, bu ichki terrorchilik akti. Begunoh insonlarning o‘ldirilishi va begunoh qonlarning to‘kilishi — insoniyat va Xudoga qarshi jinoyat”, — deydi Tramp.

Avvalroq Tramp “Antifa” harakatini terrorchilik tashkiloti deb tan olishga va’da bergandi.

Mavzuga doir: Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Eslatib o‘tamiz, AQShda tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelayotgan norozilik namoyishi 25-may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floyd vafot etganidan so‘ng boshlandi. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют