» » Immunitet uchun foydali, uyda tayyorlasa bo‘ladigan 5 yaxna ichimlik

Immunitet uchun foydali, uyda tayyorlasa bo‘ladigan 5 yaxna ichimlik


Karantindagi kam harakatsizlik va uydan chiqmaslik oqibatida inson organizmi faoliyati susayishi, immunitet tushishi kuzatilishi mumkin. Shuni e’tiborga olgan holda nafaqat immunitetni mustahkamlaydigan, balki jazirama kunlarda ayni muddao bo‘lgan shuningdek uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan ichimliklar retsepti bilan bo‘lishamiz.

Klassik limonad

Sitrus mevalar tarkibidagi vitamin C immunitetni mustahkamlaydi, shamollashga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Vitamin C 30 darajadan yuqori haroratda ta’sir kuchini yo‘qotadi. Shuning uchun bunday mevalarni yangi uzilgan vaqtida yoki muzdek ichimlik holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Ichimlik tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

Tayyorlanish jarayoni:

Idishga limon va shakar soling (yana-da foydaliroq bo‘lishi uchun) yaxshilab aralashtiring va 1-2 kunga muzlatkichga qo‘ying. Bunda limon va shakar aralashmasi qiyom holiga keladi va ushbu aralashmani choy, shirinlik yoki suvga qo‘shib iste’mol qilish mumkin bo‘ladi. Qiyomdan sharbat tayyorlash uchun esa suv, olma sharbati va limonli aralashmani aralashtirib muz bo‘laklarini qo‘shish tavsiya qilinadi.

Zanjabilli (Imbir) ichimlik

Zanjabil inson organizmi uchun eng foydali mahsulotlardan biri sanaladi, uning tarkibida immunitetni mustahkamlovchi gingerol mavjud bo‘lgani uchun ham shifokorlar tomonidan turli kasalliklarni oldini olish va davolashda ushbu mahsulotdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Zanjabilli ichimlik uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

Tayyorlanish jarayoni:

Zarchava (kurkuma) qo‘shib tayyorlanadigan ichimlik

Zarchava antioksidant va yallig‘lanishga qarshi bo‘lgan moddalarga boy mahsulotlardan biri sanaladi.

Zarchavadan ichimlik tayyorlash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

Tayyorlash:

Ichimlik tayyorlash uchun yuqoridagi mahsulotlarni qo‘shish kerak bo‘ladi. Zarchava sovuq suvda yaxshi aralashmasligini hisobga olgan holda, iliq suvdan foydalanish va ichimlik tayyorlanganidan keyin sovitish tavsiya qilinadi.

Yaxna matcha

Matcha — kukun ko‘rinishidagi yapon ko‘k choyi tarkibidagi faol antioksidantlar organizm uchun foydali hisoblanadi. Matchani qishda iliq, yozda yaxna ichimlik sifatida iste’mol qilish mumkin.

Matchadan yaxna ichimlik tayyorlash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

Tayyorlash:

Matchani sutga qo‘shib quyiqa qolmagunicha aralashtiring, muz qo‘shing va shisha idishga solib muzlatkichga qo‘ying.

Limon qo‘shilgan yaxna qahva

Avvallari qahva zararli hisoblangan bo‘lsa, bugunga kelib olimlar uning salomatlik uchun foydali ekani faqat uni iste’mol qilishda me’yorni bilish kerakligi va kuniga 3-4 finjon qahva ichish kerak ekanini ta’kidlaydi. Yurak-qon tomir kasalliklari uchun foydali bo‘lgan, kishini tetiklashtiruvchi xususiyatga ega mazkur mahsulot, immunitetning yaxshilanishida ham muhim rol o‘ynab, surunkali kasalliklarning oldini oladi.

Yaxna qahva tayyorlash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

Tayyorlanish jarayoni:

Shisha idishga limon, qahva, asal va kardamon soling va ta’bga ko‘ra suv qo‘shing. Muzlatkichda muzlating va iste’mol qilishdan avval muz bo‘lagi qo‘shing.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют