» » Navoiy va Toshkentda 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2900 nafardan oshdi

Navoiy va Toshkentda 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2900 nafardan oshdi


Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV.

Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog‘ayganlar 54 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog‘iston Respublikasidan.

Shunday qilib, Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1 127 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2 859 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa ular soni 2 908 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa, 2-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 3 718 nafarni tashkil qilmoqda, bemorlarning 15 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют