» » Farg‘onada poyezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi

Farg‘onada poyezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi


Farg‘ona viloyatida poyezd urib yuborishi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa haqida 30-may kuni soat 11:45 larda Farg‘ona viloyati IIB TXTBga Qo‘qon MTU navbatchisi A.X. xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 11:40 larda elektrovoz mashinisti S.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Andijon—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon—Oltiariq temiryo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu to‘siqda joylashgan piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008-yilda tug‘ilgan Z.J.ni o‘z ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborgan.

Z.J. tanasining turli joyidan tan jarohati olib, Oltiariq tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bola 2-iyun kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют