» » Samarqandda yana 10 kishi koronavirusdan tuzaldi

Samarqandda yana 10 kishi koronavirusdan tuzaldi


Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 10 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tuzalganlarning barchasi viloyatning o‘zidan. Ularning 4 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.

Ayni paytda viloyatda jami kasallik qayd etilganlar soni 363 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida 17 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 309 nafarga yetib, davolanayotganlar 52 nafar bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3 004 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa ular soni 3 014 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 3-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 3 815  kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 15 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют