» » O‘tgan yillar tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmagan mashhur ayollar

O‘tgan yillar tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmagan mashhur ayollar


O‘tayotgan yillar kishilar tashqi ko‘rinishiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Lekin necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar go‘zalligi o‘zgarmagan san’at vakillari borki, ularning suratlariga nazar tashlagan kishi hayratlanmay qolmaydi.

Sher

Pop yo‘nalishidagi o‘ziga xos ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan, 70-yillarda o‘ziga yarasha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shiqchining 74 yoshda ekaniga ishonish qiyin. Tashqi ko‘rinishi yillar o‘tsa hamki, sezilarli o‘zgarmagan, qomati hali-hanuz kelishgan qo‘shiqchining bunday natijaga erishishida tinimsiz sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishning roli katta.

Jennifer Eniston

51 yoshli aktrisa Jennifer Enistonning qiyofasiga nazar tashlab, uni ko‘pi bilan 35 yoshda deb taxmin qilish mumkin. Eniston hamma gap ratsionga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishda deb biladi.

Holli Berri

Hollining hamisha yosh ko‘rinishi muxlislarni doim hayratga solgan. Yulduzning xipcha beli, sportchilarnikidek kelishgan qomati, tarang va muammosiz terisi 54 yoshda ekaniga shubha uyg‘otadi. Holli bunday natijaga sport bilan muntazam shug‘ullanib erishgan. U haftasiga besh kun maxsus dastur asosida sport mashqlari, xususan, boks bilan shug‘ullanadi.

Monika Beluchchi

Italiyalik aktrisa karyerasini boshlaganidan to bugunga qadar mahorati va go‘zal tashqi qiyofasi bilan millionlab kishilar qalbidan joy olgan. Yuzidagi sezilar-sezilmas bir-ikki ajinni aytmaganda uning 55 yosh ekaniga ishonish qiyin. Beluchchi yuqoridagi mashhurlardan farqli o‘laroq, sportga mukkasidan ketmagan, u go‘zallik sirini o‘zini yaxshi ko‘rish, qadrlash, e’tibor berish va hayotdan zavqlanishda deb biladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют