» » 40 yoshida 20 yoshidagidan-da latofatli ko‘rinadigan yulduzlar

40 yoshida 20 yoshidagidan-da latofatli ko‘rinadigan yulduzlar


Go‘zallik yoshlikka xos degan tushuncha, 40 yoshida 20 yoshdagidan-da latofatli mashhurlar suratiga nazar tashlanganidan keyin o‘zgarishi aniq. Cosmopolitan nashri o‘tgan yillar tashqi ko‘rinishiga faqat va faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatgan yulduzlar haqida to‘xtaldi.

Jennifer Eniston (50 yosh)

Jennifer “Do‘stlar” serialining muvaffaqiyatidan keyin tashqi qiyofasiga e’tibor berishni boshlagan. Shundan buyon Enistonning sochi malla rangda, paxmoq soch turmaklaridan voz kechgan hamda tartibli makiyaj qiladi.

Jennifer Lopes (49 yosh)

Jennifer Lopes 20 yoshida sochlari qo‘ng‘iroq, teri rangi oppoq (yoki oppoq qilib bo‘yalgan) bo‘lgan. 2000-yillarda xonanda o‘zi uchun yangi uslubni kashf qildi va tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Avvaliga Lopesning qiyofasi va soch turmagi trendlarga qarab moslashgan bo‘lsa keyinchalik “nyud”, ya’ni tabiiydek tuyuladigan makiyaj qila boshlagan. Hozirda xonanda endi yoshligidagi singari oppoq emas.

Viktoriya Bekhem (45 yosh)

Muammoli teri, ulama sochlar, yorqin makiyaj va ochiq-sochiq liboslar — bularning bari Spice Girls guruhida kuylagan vaqtida Viktoriya Bekhemga xos bo‘lgan. Uning qiyofasi va kiyinish uslubi 2007-yildan o‘zgara boshlagan. Viktoriya to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishni boshlaganidan keyin terisidagi muammolar bartaraf bo‘lgan. Shuningdek, ulama, kalta soch turmaklari, ochiq-sochiq kiyinishga ham nuqta qo‘ygan.

Keyt Uinslyet (43 yosh)

“Titanik” filmining muvaffaqiyatidan keyin Keyt yulduz bo‘lib uyg‘ondi desak xato bo‘lmaydi. Aktrisani ortiqcha vazn bezovta qilgan. 90-yillarda Keyt soch rangi va uzunligi bilan bog‘liq turli tajribalar o‘tkazib ko‘rdi. Keyinroq Keyt o‘zini qo‘lga oldi: vazn tashladi, malla sochlardan voz kechdi va kiyinish borasida o‘ziga yarashadigan uslubni topdi. Bugunga kelib aktrisa haqiqiy “ingliz atirguli” deb ataladi.

Ingeborga Dapkunayte (56 yosh)

Aktrisa Ingeborga yoshligida tashqi ko‘rinishi haqida qattiq qayg‘urganini ta’kidlaydi. Qiltiriq, o‘g‘il bolalarnikidek qomat, siyrak sochlari bilan aktrisa o‘ziga yarashadigan uslubni topish uchun bir necha marotaba tajriba o‘tkazgan. Bugunga kelib u o‘z uslubini topgan. Ingeborganing latofatli qiyofasiga qarab bir vaqtlar uning tashqi ko‘rinishida muammolar bo‘lganiga ishonish qiyin.

Holli Berri (52 yosh)

Holli yoshligida yorqin makiyajni afzal bilgan bo‘lsa, hozirga kelib “nyud” uslubida kam bo‘yanishni tanlagan va bu uning qiyofasida ijobiy natija ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют