» » Namanganda Nexia yukxonasidan 5 mln so‘m o‘g‘irlagan talonchi qo‘lga olindi

Namanganda Nexia yukxonasidan 5 mln so‘m o‘g‘irlagan talonchi qo‘lga olindi


Namangan shahridagi Marg‘ilon ko‘chasida yashovchi Baxtiyor Tojiyev (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idoralariga Nexia avtomobili yukxonasidan 5 million so‘m o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Viloyat IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-safarbarlik guruhi inspektori E.Ergashev tomonidan Ilhom Egamov boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashina to‘xtatilib, uning egasi qo‘lga olindi. 

Avtomashina yukxonasidan daliliy ashyolar — Baxtiyor Tojiyevga tegishli 5 million so‘m pul va otvyortka topildi hamda bu bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar olindi. 

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют