» » Namanganning Chorsu bozorida o‘quvchining puli va telefonini tortib olgan talonchi qo‘lga olindi

Namanganning Chorsu bozorida o‘quvchining puli va telefonini tortib olgan talonchi qo‘lga olindi


Namangan shahridagi Chorsu bozorida noma’lum shaxs litsey o‘quvchisini qo‘rqitib, 740.000 so‘m puli va Alcatel PH13 rusumli qo‘l telefonini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan shahridagi Soli Adashev ko‘chasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют