» » Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jangning yangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi jangning yangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Aleksandr Povetkin va ushbu vazn toifasida vaqtinchalik chempion Dillian Uayt o‘rtasidagi jang 15-avgust sanasiga qoldirildi.

Dastlab, ushbu jang 2-may kuni Manchesterda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 4-iyul sanasiga qoldirilgandi.

Jang Brentvuddagi (Angliya) Matchroom Boxing kompaniyasining shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibi WBC’ning og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritadi.

Dillian Uaytning hisobida 28 jang, 27 ta g‘alaba (18 ta nokaut) va 1 ta mag‘lubiyat bo‘lsa, Povetkin faoliyati davomida 38 marta ringga ko‘tarilib, shulardan 35 tasida g‘alaba qozongan (24 ta nokaut), 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan va 1 bor murosa yo‘lini tanlagan.

Mavzuga doir: Dillian Uayt Taysonning katta sportga qaytishi haqida: “Agar u ringda vafot etsa nima bo‘ladi?”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют