» » Toshkentda kvartira olish uchun 4 yoshli oglini 14 ming dollarga sotmoqchi bolgan ayol qolga olindi

Toshkentda kvartira olish uchun 4 yoshli oglini 14 ming dollarga sotmoqchi bolgan ayol qolga olindi


Toshkent shahar IIBBda 20-aprel, payshanba kuni bolib otgan brifingda malum qilinishicha, 2017-yil 13-aprelda Chilonzor tumani IIB xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A. ozining tort yoshli oglini fuqaro B. ga 14100 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda qolga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismining a bandi bilan (odam savdosi jinoyati alomatlari bilan) jinoiy ish qozgatilgan. Ayblanuvchi A. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qollanilib, voyaga yetmagan yosh bola Toshkent shahar IIBBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam korsatish markaziga joylashtirildi.

Brifingda ayblanuvchi ayolning korsatmasi namoyish etildi. Oz bolasini sotmoqchi bolgan ayolning korsatmasiga kora, u Qashqadaryo viloyatidan bolib, 2017-yil 12-aprelda Toshkent shahriga kelgan. U oz tanishiga qongiroq qilib, bolasini yaxshiroq oilaga tarbiya qilib olish uchun bermoqchiligini, uni tarbiyalashda qiynalib ketganini aytgan.

Shundan song u tanishi bilan Chilonzorda uchrashib, bola evaziga bir xonali uy olib berishni soragan. Tanishi unga bir xonali uy narxini bilib berishni, uning AQSh dollarida qancha bolishini aniqlashtirishni aytgan. Ayol 97 million somga bir xonali uy sotib olish mumkinligini va bu 14100 AQSh dollari bolishini aniqlashtirib, tanishiga aytgan.

Ayol oz pasportining nusxasi orqasiga bolasini 14100 AQSh dollariga sotgani va bolani sotib olayotgan shaxsni bezovta qilmasligi haqida tilxat yozib bergan. Ayol bolasini sotib, 14100 AQSh dollarini sanab olayotgan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan qolga olingan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (20-04-2017, 19:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -