» » Sergelini Toshkent markazi bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik quriladi

Sergelini Toshkent markazi bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik quriladi


Sergeli tumanini Toshkent shahar markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘l va ko‘prik quriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun, payshanba kuni mazkur yo‘l va ko‘prik loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oxirgi uch yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanida 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi 16 qavatli uyni borib ko‘rdi va 14 yil ijarada yurgan oila xonadonida mehmon bo‘ldi

Buning natijasida, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ham ortdi. Shu bois bu yerda qo‘shimcha muhandislik obyektlari, tumanni shaharning markaziy qismi bilan bog‘lovchi yo‘l va ko‘priklar qurilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yerusti metrosi va uning “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq”, “Chinor” bekatlari barpo etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Prezidentning 29-may kuni Sergeli tumani faollari bilan o‘tgan uchrashuvida transport infratuzilmasini rivojlantirish choralari muhokama qilingan. O‘shanda Sergeli tumanini poytaxt markazi bilan bog‘lovchi yo‘l va ko‘prik loyihasi haqida ma’lumot berilgan. Davlat rahbari 4-may kuni ushbu loyihani joyiga chiqib, atroflicha o‘rgandi.

Umumiy qiymati 280 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan mazkur loyiha Toshkent shahar hokimligi bilan Turkiyaning “Kaloyn” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasida 583 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Bu chorrahadan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha yangi ko‘cha qurilib, halqa yo‘li ostidan tunnel orqali o‘tkaziladi va Qipchoq ko‘chasida qurilayotgan yangi ko‘prikka tutashadi. Jami 5,6 kilometrlik bu yo‘l soatiga 3 mingta transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l — Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlanadi. Shu bois unda qatnov juda ko‘p, yuklama katta. Ayniqsa, ertalab va kechga yaqin bu ko‘cha tirband bo‘lib qoladi. Ushbu yangi yo‘l va ko‘priklar qurilishi natijasida Sergeli tumaniga transport qatnovi tirbandligi 50 foizga, transport harakati vaqti 20-25 daqiqaga kamayadi.

“Odamlarning har kunlik rejalariga, kayfiyatiga, sog‘lig‘iga ta’sir qiladigan eng katta omil — transport taqsimoti. Yo‘llar qurib, tirbandlikni kamaytirishdan maqsad shahar aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratishdir. Bu ishlarni bugun qilmasak, yildan yilga qiyinlashib boraveradi. Bugun qilsak, kelajakda xarajat kamayadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 29-may, juma kuni Sergeli tumanidagi yangi obyektlarni ko‘zdan kechirish vaqtida oxirgi 3 yilda tumanda 19 ming 522 xonadonga mo‘ljallangan 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgani, 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etilgani, bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshganini inobatga olib, Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida Yangi hayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgandi hamda mazkur tuman hokimligiga Hayot Inog‘omov nomzodi taklif qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют