» » “Bunga raddiya berishning o‘zi ahmoqona”. Bill Geyts koronavirus vaksinasi orqali insoniyat chiplashtirilayotgani haqida

“Bunga raddiya berishning o‘zi ahmoqona”. Bill Geyts koronavirus vaksinasi orqali insoniyat chiplashtirilayotgani haqida


Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksina niqobi ostida odamlarni ommaviy chiplashtirayotgani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon milliarder fitna nazariyalarining qahramoniga aylangan bo‘lib, unda Geyts butun insoniyat ustidan mutlaq hokimiyatga erishish, odamlarni tajriba quyonlariga va qullarga aylantirish, ularni mustaqillik va iroda erkinligidan mahrum qilish uchun vaksina tayyorlayotgani ta’kidlangan.

“Men hech qachon mikrochip kabi narsalar bilan shug‘ullanmaganman. Bunga raddiya berib ham bo‘lmaydi, chunki bu juda g‘alati va ahmoqona”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Business Insider.

BBC bilan bo‘lgan suhbatda ham u bunday mish-mishlar va ilmiy qarashlarga zid fikrlar odamlar o‘rtasida adovat paydo bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tgan.

“Oxir-oqibat vaksinaga ega bo‘lganimizdan keyin aholining taxminan 80 foizini emlab, ommaviy immunitet hosil qilishga erishishimiz kerak bo‘ladi. Ammo ular buni yolg‘on yoki vaksinani zararli deb o‘ylasalar va emlanishdan bosh tortsalar, kasallik insoniyatni o‘ldirishda davom etadi. Shu sababli bunday ahmoqona o‘y-fikrlar borligi meni biroz tashvishga solyapti”, — degan Geyts.

Mavzuga doir: Bill Geyts pandemiyadan keyingi odatdagi hayot tarzi qachon boshlanishini ma’lum qildi

Dunyodagi eng yirik xayriya jamg‘armasi hisoblangan Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Geytsning fondi 4-iyun kuni qashshoq davlatlarni vaksina bilan ta’minlash maqsadida besh yil ichida Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI)ga 1,6 milliard dollar yo‘naltirishini e’lon qildi. Koronavirusga qarshi vaksina yaratilganda uni tarqatish uchun yana 100 million dollar ajratiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют